Retseptlar
GYOZA, PAK-CHOY VA QO‘ZIQORINLI OSIYO QAYNATMA SHO‘RVASI
Uyingizdan chiqmasdan sharqona lazzatdan bahramand bo‘ling. GYOZA, an’anaviy xitoy pak-choy karami va shimeji qo‘ziqorinlari bilan tayyorlanishi oson bo‘lgan bu osiyo qaynatma sho‘rvasini tatib ko‘ring.
Ko'proq
GYOZA, PAK-CHOY VA QO‘ZIQORINLI OSIYO QAYNATMA SHO‘RVASI
4 porsiya
4 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 400 gr mol go‘shti bilan VIČI GYOZA
- 1,2 l mol go‘shtidan sho‘rva
- 3 bosh sarimsoq
- 2 sm zanjabil ildizi
- 2 bosh pak-choy karami
- 100 gr shimeji qo‘ziqorinlari
- 2 osh qoshiq soya sousi
- 1 osh qoshiq kunjut moyi
- tuz, murch
- yashil piyoz
- kunjut
Tayyorlanishi
- Sarimsoq va zanjabilni mayda to‘g‘rab oling va pak-choyni
- Sarimsoq va zanjabilni yog‘da qizdirilgan tovada qovuring, qo‘ziqorin va pak-choyni qo‘shing, yana bir necha daqiqa qovuring.
- Tovadagi masalliqlarni kastrulaga soling, sho‘rva, soya sousi va kunjut moyini quying. Tuz va qalampir seping, qaynash darajasigacha yetkazing.
- Sho‘rva qaynab chiqqach, GYOZA qo‘shing va ular yuzaga chiqquncha yana 4 daqiqa davomida qaynating.
- To‘g‘ralgan yashil piyoz va kunjut donalari bilan birga dasturxonga torting
SICHUAN QALAMPIRLI moy bilan GYOZA
Achchiq ovqatni yaxshi ko‘rasizmi? Ushbu resept faqat siz uchun tayyorlangan. GYOZA va Sichuan qalampirining birikmasi achchiq ta’mni sevuvchilarni bir zumda Osiyoga olib boradi, o‘ziga xos xushbo‘y hid va nodir ta’mni yaratadi, uni albatta his qilish kerak.
Ko'proq
SICHUAN QALAMPIRLI moy bilan GYOZA
2 porsiya
2 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 400 gr sabzavotli VIČI GYOZA
- yashil piyoz
- kunjut
Sichuan qalampirli moy uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 3 osh qoshiq sichuan qalampiri donalari
- 80 ml kungaboqar yoki kolza moyi
- 2 sm zanjabil ildizi
- 1 ta dafna yaprog‘i
- 1 ta yulduzli anis
- 1 ta dolchin tayoqchasi
- tuz
Sichuan qalampirli moydan sous uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 2 osh qoshiq sichuan qalampirli moy
- 2 osh qoshiq soya sousi
- 2 osh qoshiq kunjut moyi
- 1 osh qoshiq guruchli sirka
- 2 bosh sarimsoq
Tayyorlanishi
- Issiqqa chidamli idishga Sichuan qalampirining donalari, dafna yaprog‘i, anis va dolchin tayoqchasini soling. Soteynikka moy soling, zanjabil qo‘shing va zanjabil qorayishni boshlaguncha qizdiring. Moyni ziravorlar aralashmasi solingan idishga quying. Bir necha soniya ichida moy ko‘piklanadi va ziravorlar qovuriladi. Moy bir oz soviganidan so‘ng, zanjabil, dafna yaprog‘i, anis va dolchin tayoqchasini olib tashlang. Ta’mga qarab tuz qo‘shing.
- Sichuan qalampirdan moyli sous uchun quyidagi masalliqlarni aralashtiring: 2 osh qoshiq tayyorlangan Sichuan qalampir moyi, soya sousi, qovurilgan kunjut moyi, guruch sirkasi va maydalangan sarimsoq boshlari.
- GYOZA ni qaynoq suvga soling va o‘rtacha olovda ular yuzaga chiqquncha taxminan 4 daqiqa davomida pishiring.
- GYOZA ga sichuan qalampir moyidan sousini quyib, ustiga to‘g‘ralgan yashil piyoz va kunjut urug‘ini sepib, dasturxonga torting.
GYOZA BILAN OSIYO KOSASIDA TAOM
Haqiqiy Osiyo kosasida taomni tayyorlash juda oddiy. Ushbu an’anaviy, tayyorlanishi oson va butun dunyoga mashhur sharq oshxonasi retsepti sizni o‘zining shirin va nordon, ammo tetiklantiruvchi, retseptda asosiy rolni o‘ynaydigan mayda qisqichbaqali GYOZA bilan ajoyib tarzda birlashuvchi ta’mi bilan sizni quvontiradi.
Ko'proq
GYOZA BILAN OSIYO KOSASIDA TAOM
2 porsiya
2 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 300 gr mayda qisqichbaqali VIČI GYOZA
- 1 ta sabzi
- bir nechta qizil karam barglari
- 1 ta avokado
- 1 ta rediska o‘rami
- 2 osh qoshiq guruchli sirka
- limon sharbati tomchisi
- 0,5 choy qoshiq shakar
- tuz
- qovurish uchun moy
- 4 osh qoshiq soya sousi
- yangi kashnich
- kunjut
Tayyorlanishi
- Sabzini yupqa qilib to‘g‘rang va guruch sirkasi, shakar va tuz bilan aralashtiring.
- Avakadoni kub shaklida kesib, limon sharbatini seping.
- Rediskani tilimga, qizil karamni esa yo‘l-yo‘l shaklda to‘g‘rang.
- GYOZA ni qovuring. Qopqog‘i bor idishga yetarlicha moy soling va 160°C ga qadar qizdiring. GYOZA ni qizdirilgan moyga soling, tovani yoping va 3-4 daqiqa qovuring.
- Tayyorlangan sabzi, avokado, rediska, qizil karam va GYOZAni likopga qo‘ying. Soya sousini ustiga purkang, kunjut seping va yangi kashnich bilan dasturxonga torting.
GYOZA BILAN QIZIL KARRI
Likopingizda sharqona lazzatlar! Osiyo oshxonasini sabzavot qo‘shilgan achchiq va juda xushbo‘y karrisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, ehtiyotkorlik bilan tanlangan masalliqlar esa mutlaq mos keladigan va ayniqsa shirador sabzavot va tovuq go‘shtli GYOZA ta’mini ochib beradi.
Ko'proq
GYOZA BILAN QIZIL KARRI
4 porsiya
4 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 400 gr sabzavot va tovuq go‘shtli VIČI GYOZA
- 1 ta piyozbosh
- 3 bosh sarimsoq
- 2 sm zanjabil ildizi
- 1 ta sabzi
- 1 ta paprika
- 100 gr brokkoli
- 60 gr qo‘zoqli no‘xat
- 2 osh qoshiq qizil karri pastasi
- 400 ml kokos suti
- 1 ta yashil limon sharbati
- tuz, murch
- bir necha tomchi kungaboqar moyi
- yangi kashnich
- chili qalampiri
- laym
Tayyorlanishi
- Piyoz, sarimsoq va zanjabilni mayda to‘g‘rang. Sabzi, bulg‘or qalampiri va brokkolini maydalang.
- Sarimsoq, piyoz va zanjabilni ozgina miqdorda moy bilan issiq tovada qovuring. To‘g‘ralgan sabzavotlar va no‘xat qo‘shing. Qovuring, tovadan olib, kosaga soling.
- Tovaga yana ozgina moy soling va GYOZA asosini pastga joylashtirib qo‘ying. Taxminan 4 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring. Asos yaxshi qizarib ketganda, GYOZA ning yarmi qoplanishi uchun kerak bo‘lgan miqdorda qaynoq suv soling. Qopqoqni yoping va 2-3 daqiqa davomida dimlang.
- Qovurilgan sabzavotlarni tovaga soling. Kokos sutini quying, qizil karri pastasini qo‘ying, tuz va murch seping va yashil limon sharbatini siqib oling. Hammasini birgalikda aralashtiring va yana 10-15 daqiqa dimlashga qo‘ying.
- Yangi kashnich, laym chorakliklari va achchiq qalampir bo‘laklari bilan dasturxonga torting.
OSIYOCHA SABZAVOTLI GYOZA
Osiyo taomlari gurusi bo‘lish juda oson. stir-fry usulida qovurilgan an’anaviy osiyo sabzavotli taomni tez va oson tayyorlang. Rang-barang dimlangan sabzavotlar va maxsus tayyorlangan sous qo‘shilgan tovuq go‘shtli kuvrak GYOZA sharqqa xos bo‘lgan ajoyib ta’m yaratadi.
Ko'proq
OSIYOCHA SABZAVOTLI GYOZA
4 porsiya
4 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi
- 400 gr tovuq go‘shtli VIČI GYOZA
- 1 ta paprika
- 1 ta sabzi
- 100 gr brokkoli
- 60 gr qo‘zoqli no‘xat
- 60 gr imidje qo‘ziqorini
- 60 gr makkajo‘xori
- 50 gr bambuk shoxlari
- 4 osh qoshiq soya sousi
- 2 bosh sarimsoq
- 1 osh qoshiq jigarrang shakar
- 1 osh qoshiq qovurilgan kunjut moyi
- 60 ml tovuq go‘shtli sho‘rva
- yarim osh qoshiq makkajo‘xori kraxmali
- bir necha tomchi moy
- yashil piyoz
- kunjut
Tayyorlanishi
- Qalampir, sabzi, brokkoli va yosh makkajo‘xorini to‘g‘rang.
- Ozgina miqdorda moy bilan tovani qizdiring va qo‘zoqli no‘xat, shimeji qo‘ziqorinlari va bambuk novdalari bilan to‘g‘ralgan sabzavotlarni aralashtirib, qovuring. Sabzavotlarni tovadan olib, kosaga soling.
- Tovaga yana ozgina moy soling va GYOZA asosini pastga joylashtirib qo‘ying. Taxminan 4 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring. Asos yaxshi qizarib ketganda, GYOZA ning yarmi qoplanishi uchun kerak bo‘lgan miqdorda qaynoq suv soling. Qopqoqni yoping va 2-3 daqiqa davomida dimlang.
- Sous uchun masalliqlarni birgalikda aralashtiring: soya sousi, maydalangan sarimsoq, jigarrang shakar, qovurilgan kunjut moyi, tovuq go‘shtidan sho‘rva, makkajo‘xori kraxmali.
- Sabzavotlarni tovaga soling, tayyorlangan sousni quying va sous qalinlashguncha aralashtirib, qiziting.
- To‘g‘ralgan yashil piyoz va kunjut donalari bilan dasturxonga torting.
MANGO VA MARAKUYADAN KREM, MANGOLI GYOZA
Asosiy taom, gazak yoki desert - bu shirin GYOZA retsepti hayotning barcha vaziyatlari uchun juda mos keladi. Marakuya va mangodan osiyo kremi bilan birga tortiq qilinadigan ekzotik mangoli GYOZA hatto haqiqiy gurmanlerni ham hayratda qoldiradi, kokos qirindisi va yalpiz esa GYOZA va kremning o‘ziga xos ta’mini ajoyib tarzda namoyish qiladi.
Ko'proq
MANGO VA MARAKUYADAN KREM, MANGOLI GYOZA
2 porsiya
2 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 200 gr mangoli VIČI GYOZA
- 1 ta mango
- 1 ta yashil limon
- 4 ta marakuya
- 150 ml qaymoq
- kokos moyi
- katta kokos qirindilari
- yalpiz barglari
Tayyorlanishi
- Mango kubiklarini oshxona kobayniga joylashtiring va laym sharbatini siqib oling. Pyure tayyorlang va kosaga soling.
- 2 ta marakuyani tozalang va etini mango pyuresiga qo‘shing.
- Qaymoqni ko‘pirtirib, mango va marakuya aralashmasiga qo‘shing.
- Tovaga ozgina miqdorda kokos moyi soling va GYOZA asosini pastga joylashtirib qo‘ying. Taxminan 4 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring. Asos yaxshi qizarib ketganda, GYOZA ning yarmi qoplanishi uchun kerak bo‘lgan miqdorda qaynoq suv soling. Qopqoqni yoping va 2-3 daqiqa davomida dimlang.
- Mango va marakuyadan tayyorlangan kremi bilan dasturxonga torting. Ustiga GYOZA qo‘ying va qolgan marakuya urug‘lari, kokos qirindilari va yalpiz barglarini seping.
ZARANG SHARBATLI SOUS VA VANILLI MUZQAYMOQ BILAN OLMALI GYOZA
Likopda bug‘ bila o‘rab olingan GYOZA, nozik sous va muzqaymoq - bundanda yaxshi birikma bo‘lishi mumkinmi? Zarang sharbatidan bo‘lgan sousda olmali GYOZA tayyorlanishi oson, ammo nafis desert bo‘lib, istalgan shirinlikxo‘rni hayratda qoldiradigan ajoyib ta’mga ega.
Ko'proq
ZARANG SHARBATLI SOUS VA VANILLI MUZQAYMOQ BILAN OLMALI GYOZA
2 porsiya
2 ta porsiya uchun sizga quyidagilar kerak bo‘ladi:
- 200 gr olmali VIČI GYOZA
- 180 ml zarang sharbati
- 1 osh qoshiq rom
- bir chimdin tuz
- kokos moyi
- vanilli muzqaymoq
- pekan yong‘oqlari
Tayyorlanishi
- Tovaga ozgina miqdorda kokos moyi soling va GYOZA asosini pastga joylashtirib qo‘ying. Taxminan 4 daqiqa davomida o‘rtacha olovda pishiring. Asos yaxshi qizarib ketganda, GYOZA ning yarmi qoplanishi uchun kerak bo‘lgan miqdorda qaynoq suv soling. Qopqoqni yoping va 2-3 daqiqa davomida dimlang.
- Zarang sharbati va romni soteynikka soling va bir chimdik tuz qo‘shing. Sous qaynaguncha qizdiring. GYOZA qo‘shing va aralashtiring.
- Vanilli muzqaymoq va to‘g‘ralgan pecan yong‘oqlari bilan birga dasturxonga torting.
Tayyorgarlik
Biz haqimizda