Biz haqimizda
VIČI GYOZA – bu sharqona taom: yupqa xamir va boy qiyma. Har bir boʼlagi mayin taʼm va sersuvligi bilan ajralib turadi. Sharqona taomlarning anʼanalarini, Osiyo taʼmlarining mayinligi va oʼziga xosligini ehtiyotkorlik bilan saqlagan holda, biz ajib va tayyorlash juda oson boʼlgan taomni yaratdik. VIČI GYOZA sizga uyingizdan chiqmagan holda ekzotik oshxonaga boshingiz bilan shoʼngʼish imkonini beradi.
Har bir isteʼmolchining tabini hisobga olib, biz turli qiymaga ega boʼlgan keng assortimentdagi GYOZАni taklif qilamiz: sabzavotli, goʼshtli, dengiz mahsulotli va hattoki desert uchun.
GYOZA mahsulotlari VIČI savdo belgisi bilan belgilangan bo’lib, oʼzining yuqori sifati, ajoyib taʼmi va tayyorlanishining oddiyligi bilan butun Yevropada tan olingan. GYOZA VIČI “Vichyunay” kompaniyalar guruhi tomonidan ishlab chiqarilib, bu kompaniya Yevropada baliq va dengiz mahsulotlarini ishlab chiqarish boʼyicha yetakchilardan biri, surimi boxorida esa jahonda yetakchi hisoblanadi. “Vichyunay” kompaniyalar guruhining masulotlari turli brendlar ostida dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida sotiladi.
Ijtimoiy javobgarlik
Biz tabiat, undagi resurslar va sogʼlom turmush tarzi haqida qaygʼuramiz. Mana shuning uchun ishlab chiqarishning har bir bosqichida sayyoramiz, shuningdek unda yashovchi insonlar uchun toʼgʼri boʼlgan qarorlarni qabul qilishga harakat qilamiz.
Biz mahsulotlarni zamonaviy usulda ishlab chiqaramiz
- Sifatni sinash boʼyicha zamonaviy laboratoriyalar
- Oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi va sifati boʼyicha rivojlangan madaniyat
- Jarayonlarni modernizatsiya qilish va robotlash
- Ilmiy-tadqiqot boʼlinmasi
- LEAN va KAIZEN usullarining qoʼllanilishi